Milliy oʻzlikni anglash deb koʻp gapiramiz. Lekin shunga munosib boʻlyapmizmi, degan tuygʻu meni qiynaydi, — Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazining qurilish jarayonini koʻzdan kechirdi.
Bugungi kunda bino toʻliq qad koʻtargan. Uning markazida ulkan sharqona gumbaz, toʻrt tomonida 34 metrlik peshtoqlar qurilgan.
Davlatimiz rahbari har bir yoʻlak va xonaga kirib, ularni pardozlash va jihozlashga oid loyihalarni koʻrdi.
Markazning ichki va tashqi koʻrinishi, naqshlari yuzasidan tavsiyalar berildi. Xonalarni koʻplab sayyohlar, delegatsiyalar kelishi, xalqaro konferensiyalar oʻtkazilishini inobatga olib zamonaviy jihozlash, ekspozitsiyani turli yoshdagi insonlarga mos holda tayyorlash zarurligi taʼkidlandi.
Prezidentimiz avvalgi tashrifi chogʻida Islom sivilizatsiyasi markazi shu yoʻnalishdagi ilmiy muassasalar uchun negiz boʻlishi, bu yerda olimlar tadqiqot olib borib, talabalar bilimini mustahkamlashi kerakligini aytgan edi.
Shunga koʻra, loyiha takomillashtirilib, markazda Xalqaro islom akademiyasining magistrant va doktorantlari oʻqishi uchun sharoit yaratish nazarda tutilgan.
Markazning interyer va eksteryer bezagi, jihozlanishi, kommunikatsiya, xavfsizlik tizimlari eng ilgʻor talablarga javob beradi.
Davlatimiz rahbari shu yerda olimlar, ziyolilar, nuroniylar va mahalla raislari bilan suhbatlashdi.
— Milliy oʻzlikni anglash deb koʻp gapiramiz. Lekin shunga munosib boʻlyapmizmi, degan tuygʻu meni qiynaydi, - dedi Shavkat Mirziyoyev. — Ota-bobolarimiz qiyin sharoitlarda, mehnat-mashaqqat bilan qanday buyuk ishlarni amalga oshirgan. Jadid bobolarimizni ham bekorga qatagʻon qilishmagan. Chunki bilishardiki, ilm, gʻurur, davlatchilik bizning qonimizda bor. Bu yerda hamma buyuk allomalarimizning ovozi eshitilib turadi.
Markaz joylashgan Olmazor tumanidagi har bir mahalla ushbu maʼrifat maskaniga munosib boʻlishi, bilim, tarbiya jihatidan takliflarini berishi zarurligi taʼkidlandi.
— Shuni amalga oshirsak, har bir mahallaga Islom sivilizatsiyasi markazining nuri kiradi, yuzimiz yorugʻ boʻladi, — dedi Prezident.
Markaz qurilishi davom etmoqda.
Manba: "Xalq so‘zi" gazetasi
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish