172

Talaba-qizlar voleybol bahslarida bellashdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlar haftaligi” doirasida qizlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Rektor kubogi” o‘tkazildi.

Unda Akademiya fakultetlarining talaba-qizlaridan iborat jamoalar bellashdi. 

Qizg‘in kechgan bellashuvlar yakunida Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti talaba-qizlari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

2-o‘rin Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultetiga, 3-o‘rin esa Islomshunoslik fakultetiga nasib qildi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish