468

Yurtimiz muqaddas qadamjolari haqida turkum videoroliklar tayyorlanmoqda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda so‘nggi yillarda turizm iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri sifatida izchil rivojlantirilmoqda. Mazkur tarmoq taraqqiyoti uchun qonunchilik asoslari takomillashtirilmoqda, davlatimiz rahbarining qator farmon va qarorlari asosida ushbu yo‘nalishdagi sharoitlar kengaytirilmoqda.

Ziyorat turizmi – tarmoqning eng katta va istiqbolli manbalaridan biridir. Mamlakatimizda Islom va boshqa dinlarga oid ko‘plab ziyoratgoh va yodgorliklar bor.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi mamlakatimizning Islom muqaddas qadamjolariga bag‘ishlab turkum taqdimot videoroliklari tayyorlamoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Milliy teleradiokompaniya bilan hamkorlikda suratga olinayotgan ushbu turkumning birinchi mavzusi poytaxtimizdagi “Hazrati Imom” majmuasida saqlanayotgan Qurʼoni karimning eng qadimiy nusxasi – Hazrati Usmon Musʼhafiga bag‘ishlandi.

Izoh qoldirish