Ekstremizm va terrorizm – jamiyat barqarorligiga tahdid
JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT
Dunyoda osoyishta muhitni izdan chiqarishga qaratilgan vayronkor g‘oyalarning yangidan-yangi shakllari paydo bo‘layotgani har daqiqa ogoh bo‘lishni talab qiladi.
Afsuski, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, jamiyat ravnaqiga xizmat qilish o‘rniga buzg‘unchilikni kasb qilib, o‘z vatani, xalqiga xiyonat qilishdan ham qaytmaydigan kimsalar oramizda bor. Ularning aqidaparastlik, mutaassiblik yo‘lida dindan niqob sifatida foydalanayotgani natijasida aksariyat yoshlar botil yo‘lga kirib, zalolatga ketayotgani achinarli hol.
Islom dini tinchlik dinidir. Uning bosh g‘oyasi tinch-totuv hayot kechirishdan iborat. Tinchlik insoniyatga in’om etilgan eng ulug‘ ne’matdir.
Alloh taolo Baqara surasining 208-oyatida shunday marhamat qiladi: “Ey iymon keltirganlar! Barchangiz yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!”.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Tinchlik va xotirjamlik ikki ulug‘ ne’matdirki, bundan ko‘p odamlar bebahradirlar”, deb marhamat qilganlar.
Shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi zamonda internet tarmog‘i yovuzlik quroliga aylanib qolayotgani haqiqat. Unda targ‘ib qilinayotgan g‘arazli ma’lumotlar, vayronkor g‘oyalar, hayosizlik kabi illatlar ayniqsa, yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin . Binobarin, ota-onalar, ustoz-murabbiylar bu borada mas’uliyatli bo‘lishlari zarur .
Yot oqimlar ta’siridagi kimsalar o‘z qilmishlarini din yo‘lida kurash, deb xaspo‘shlashga urinadi. Unutmaylikki, islom dini hech qachon yovuzlikka buyurmaydi.
N.XIDIROV,
“Ko‘k to‘nli bobo” jome masjidi imom-xatibi
Manba: muslim.uz
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish