1

Jaholatga qarshi ma’rifat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida juda dolzarb masalalar to‘g‘risida gapirib, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi to‘g‘risida ham to‘xtalib, “Birinchi navbatda, yoshlarning ong-u tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir” deb ta’kidlaganliklari bejiz emas. 

Jaholat arab tilidagi “jahl” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, bilimsizlik, haqiqatni anglamaslik, noto‘g‘ri xulosa chiqarish va tor fikrlilik holatini anglatadi. Jaholat faqat savodsizlik emas, balki bilim mavjud bo‘laturib, uni noto‘g‘ri talqin qilish yoki inkor etishni ham ifodalaydi. 

Islomiy, diniy va falsafiy manbalarda jaholat jamiyatdagi beqarorlik, zo‘ravonlik va adolatsizlikning asosiy sabablaridan biri sifatida baholanadi. Qur’oni karimda: “Ey Muhammad, afv yo‘lini tuting, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring” (A’rof surasi, 199-oyat) deb marhamat qilinadi. Ushbu oyatda jaholat salbiy xulq-atvor va noto‘g‘ri fikrlash holati sifatida ta’riflanadi. 

Isroil Mullajonov,

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

“Dinshunoslik” yo‘nalishi 2-kurs talabasi

Manba: “Yangiyo‘l” gazetasi 2026-yil 27-fevral, 9-10-son

Gazetani yuklab olish uchun

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Jan
22
Jan
17
Jaholatga qarshi marifat
Hidoyat libosidagi jaholat
10:08

Izoh qoldirish