753

Buyuk ajdodlarga ehtirom

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti tashabbusi bilan poytaxtimizdagi Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida barpo etilgan “Turon” kutubxonasi va muzeyiga sayohat tashkil etildi.

“Vatanparvarlik” oyligi doirasidagi sayohatda professor-o‘qituvchilar hamda talabalar dastlab muzey faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Adibning hayoti va ijod yillari xronologiyasi, qatag‘on yillari eksponatlari hamda mustaqillik yillarida yozuvchiga ko‘rsatilgan ehtirom aks etgan ekspozitsiyalar, turli yillarni o‘zida aks ettirgan fotosuratlar va tasviriy san’at namunalari orqali tarixiy haqiqatlarning guvohi bo‘lishdi.

Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalarining sayohati ularda bir olam taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Sep
25
Yoshlar bilan ishlash
Ta’zim sizga, aziz ustozlar
12:04
Sep
18
Yoshlar bilan ishlash
Milliy liboslar – millat qiyofasi
16:47

Izoh qoldirish