291

Akademiya talabalari malakaviy amaliyotda

Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari uchun malakaviy amaliyot davom etyapti. Akademiya talabalarining malakaviy amaliyoti poytaxtimizdagi turli vazirlik, tashkilot, korxona va muassasalarida bo‘lib o‘tmoqda. 

Jumladan, talabalar O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Alfraganus” universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy-tadqiqot markazi, Islom taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakilligi, “Jahon adabiyoti” jurnali, “Ziyo” media markazi va boshqa tashkilotlarda malakaviy amaliyotni o‘tashmoqda.

U yerda talabalar muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, tashkilot haqida o‘zlari qiziqqan savollarga javob olishyapti. Soha bo‘yicha kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish