357

“Rektor kubogi”: g‘olib va sovrindorlar aniqlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlar oyligi” munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha “Rektor kubogi” final bahslari o‘tkazildi.

Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan musobaqaning dastlabki qismida Akademiya fakultetlari talabalaridan jamoalar shakllantirilib, har bir fakultet kesimida saralash o‘yinlari o‘tkazildi. Eng kuchli jamoalar keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning hal qiluvchi final bellashuvi esa qiziqarli va murosasiz tarzda kechdi. Keskin kurashlarga boy o‘tgan finalda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti jamoasi 1-o‘rin va “Rektor kubogi”ni qo‘lga kiritdi. 2-o‘rinni Islomshunoslik fakulteti jamoasi egalladi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
10
Yoshlar bilan ishlash
Xotira abadiy, qadriyat muqaddas
14:32
May
08
May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05

Izoh qoldirish