177

Talaba-qizlar “Siz qonunni bilasizmi?” viktorina tanlovida bellashishdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Siz qonunni bilasizmi?” mavzusida viktorina tanlovi o‘tkazildi. 

Mazkur tadbir bugungi globallashuv jarayonida xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini kuchaytirish, ilm-fan va innovatsiyalar sohasiga jalb qilish, ularning oliy taʼlim olishiga bo‘lgan qiziqishlari hamda huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi. 

Akademiya Xotin-qizlar bo‘limi hamda “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tanlovni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov ochib berdi. 

Shundan so‘ng Akademiya talabalari hamda akademik litsey o‘quvchilari 4 jamoaga bo‘linib, bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Viktorina shartlari bajarilishiga qarab jamoalar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi. 

Yakunda ishtirokchilarga diplom va sovg‘alar topshirildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish