Buxoroda talabalarning malakaviy amaliyoti tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Turizm (ziyorat turizmi)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalarining yozgi malakaviy amaliyoti Buxoro viloyatida tashkil etildi.
Mazkur amaliyot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilmoqda.
Amaliyotning dastlabki kunida talabalarning musulmon sharqida mashhur bo‘lgan tariqat piri, xojagon-naqshbandiya silsilasining asoschisi Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy maqbarasi, Xojagon silsilasining ikkinchi piri, “Mohitabon” laqabi bilan shuhrat qozongan Xoja Muhammad Orif Revgariy maqbarasi, Vobkent tumanida joylashgan Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy majmuasi, “Chor Bakr” tarixiy-me’moriy majmua markaziga ekskursiya tashkil etildi.
Mazkur amaliyot kognitiv (bilim olish) xarakterga ega bo‘lib, nazariy bilim va amaliyotning uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiladi. Xususan, ekskursiya davomida talabalar ziyoratgohning turizm salohiyati, ziyoratgoh va uning tarixi, turistlarni jalb qilish uchun yaratilgan infratuzilma va turizm obyektining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lganligi yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi.
Bundan tashqari, bu o‘zlashtirgan bilimlar va keng qamrovli ma’lumotlar turli tillarda kontentlar yaratish, ularni targ‘ibot qilish hamda turpaketlar yaratish ko‘nikmalarini shakllanishiga yordam beradi.
Buxoro viloyatida tashkil etilayotgan malakaviy amaliyot keyingi kunlarda ham davom etadi. Reja bo‘yicha navbatdagi o‘rganish obyektlari Kogon va Romiton tumanlarida joylashgan ziyoratgohlardir.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish