Xalqaro hamkorlik rivoji yo‘lida yana bir qadam
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Malayziya xalqaro islom universitetining Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, doktor Rayhan Osman boshchiligidagi delegatsiya a’zolari mehmon bo‘ldi.
Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Akademiya prorektorlari – Zohidjon Islomov, Ilyos Mirziyotov, Zokirjon Ro‘ziyev, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Olim Astanakulov, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov va Talabalar (xorijiy) bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Navro‘z Abdullajonov ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov Akademiyaning ilmiy faoliyati, maqsad va vazifalari, yaqin istiqboldagi rejalari hamda Akademiya huzurida faoliyat yuritayotgan markazlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.
Akademiya rektori maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev so‘nggi yillarda islom ilm-fani va madaniyatining boy tarixiy, ilmiy, ma’naviy merosini har tomonlama o‘rganish, islom dinining insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berishda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va boshqa diniy ta’lim muassasalari orasida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Suhbat davomida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev Akademiya ilmiy salohiyati, fakultetlar va ulardagi ta’lim yo‘nalishlari, talabalarga bilim berishda o‘ziga xos yondashuvlar haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuvda Malayziya xalqaro islom universitetining Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Rayhan Osman Akademiya tomonidan ko‘rsatilgan iltifot uchun minnatdorlik bildirdi.
Doktor Sany Izan Ihsan esa Malayziya xalqaro islom universiteti hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi muddati tugayotganini bildirib, ikki ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish hamda tomonlarning takliflarini yangi memorandum loyihasiga kiritishni taklif etdi.
Shuningdek, Malayziya xalqaro islom universitetida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining ziyorat turizmi kafedrasi (markazi)ni tashkil etish loyihasini e’tirof etdi.
Uchrashuv davomida O‘tkir Hasanboyev ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida ikki ta’lim muassasalari hamkorlikda “Yozgi maktab”ni yo‘lga qo‘yish, hamkor tomonlar maxsus xona ajratib o‘sha davlatga xos bo‘lgan an’anaviy ramzlar bilan jihozlash taklifini bildirdi.
Uchrashuv yakunida delegatsiya a’zolari ko‘rsatilgan iltifot va yuqori darajadagi mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish