487

Oʻzbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 653,7 ming kishiga oshdi

2020-yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 1,8 ming kishiga oshgan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, respublikaning doimiy aholisi soni 34,5 mln. kishini tashkil etmoqda.

Aholi soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 653,7 ming kishiga koʻpaygan. Doimiy aholining oʻsish surʼati 101,9 % ga teng. Mamlakatimiz aholisi har oyda oʻrtacha 54,5 ming kishiga koʻpaygan.

2020-yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 1,8 ming kishiga oshgan.

Izoh qoldirish