Talaba-qizlar ishtirokida “Qizlar mushoirasi” o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Qizlar mushoirasi” nomli adabiy, ijodiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur adabiy tanlov Akademiya talaba-qizlari oʻrtasida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish, ularning iqtidorlarini aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Adabiy tanlovda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzaaliyev (Mirzo), O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Sayyora To‘ychiyeva Hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etib, ijodkor talaba-qizlar tomonidan o‘qilgan she’rlarni baholab borishdi.
Mushoira davomida Akademiyaning Mumtoz sharq filologiyasi, Islomshunoslik, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultetining shoira talaba-qizlari o‘zaro guruhlarga bo‘lingan holda she’rxonlik tanlovida bellashdi. Adabiy kechada talabalar tomonidan Vatan, do‘stlik, insoniylik tuyg‘ulari tarannum etilgan ijod namunalari yig‘ilganlarga havola etildi.
Samimiy va yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tgan tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Mushoira yakunida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Magistratura bo‘limi qizlari 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Akademik litseyining ijodkor o‘quvchilariga 2-o‘rin nasib etdi. Mumtoz sharq filologiyasi fakultetining talaba-qizlaridan iborat jamoa esa 1-o‘ringa munosib ko‘rildi.
Yakunda g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish