147

Akademiyada “Munozara” intellektual musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talaba-yoshlar ishtirokida “Munozara” intellektual musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 

“Munozara” intellektual o‘yini mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash, ularda tizimli tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va mohirona munozara olib borish qobiliyatlarini rivojlantirish, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, o‘rtaga qo‘yilgan muammoga xolis yondasha olish, o‘z fikrlarini asoslash, aniq bayon etish hamda talabalarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirishga xizmat qilib kelmoqda.

Mazkur tadbir Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida o‘tkazildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish