162

Ijodkor talabalar ishtirokida mushoira kechasi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talaba-yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kitob mutolaasiga keng jalb qilish, ularning iqtidorlarini aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy, ijodiy mushoira kechasi tashkil etildi. 

Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda “Mushoira” klubining ijodkor talabalari ishtirok etdi.

She’riyat tadbirida talabalar tomonidan Vatan, do‘stlik, insoniylik tuyg‘ulari tarannum etilgan ijod namunalari yig‘ilganlarga havola etildi. 

Samimiy va yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tgan tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Mushoira tadbiri qizg‘in suhbat va savol-javoblarga boy bo‘ldi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish