136

Akademiya talabalari arab tili fanidan o‘tkazilgan olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Poytaxtimizdagi Alfraganus universitetida “Xorijiy tillarni o‘rgatishning samarali usullari, tajriba: amaliyot va nazariya” mavzusi doirasida arab tili fanidan olimpiada o‘tkazildi.

Ahamiyatlisi, mazkur tanlovda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Mumtoz sharq filologiyasining 1-bosqich talabalari – Madina Jabborova hamda Gullola Rahmatullayeva muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 

Olimpiadada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan birgalikda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Oriental universiteti hamda Alfraganus universiteti talabalari ham qatnashdi. 

Akademiyaing iqtidorli talabalari olimpiadada 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Yakunda sovrindorlar sertifikat va mukofot bilan taqdirlandi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi talabalarining mazkur yutuqlari bilan muborakbod etib, ularning kelgusidagi faoliyatlariga omad tilaydi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish