Dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Islomshunoslik fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda Akademiya katta o‘qituvchisi A’zamxon Qambarov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.
Uchrashuvni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov kirish so‘zi bilan ochib berarkan, hozirgi kunda yoshlarimizni yo‘ldan ozdirishga, o‘zlarini puch g‘oyalari bilan zaharlashga qilinayotgan xarakatlar barchamizni tashvishga solayotganini qayd etdi. Buning oldini olish uchun esa inson ilm-ma’rifatli bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Davra suhbati davomida Akademiya katta o‘qituvchisi A’zamxon Qambarov milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan yondashadigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega, milliy mentalitetimizga yot, zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalash, dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan, din niqobi ostida faoliyat olib borayotgan turli diniy ekstremistik tashkilotlarning yoshlarni aldov yo‘li bilan o‘z saflariga qo‘shib olayotganidan, talaba-yoshlarni bunday guruhlar tahdididan doimo ogoh va hushyor bo‘lishi kerakligi haqida so‘z yuritdi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish