375

Talaba-qizlar o‘rtasida voleybol bellashuvi o‘tkazildi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlar hayotida 5 muhim tashabbus” shiori ostida talabalar festivali o‘tkazilmoqda.

Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan tashkil etilayotgan festival sport bellashuvi bilan davom etdi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi mini futbol bo‘yicha “Dekan kubogi” bahslaridan so‘ng fakultet talaba-qizlari o‘rtasida voleybol o‘yini bo‘lib o‘tdi. 

Bellashuvdan oldin fakultet dekani Habibullo Sadibaqosev mazkur tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talabalar o‘rtasida hamjihatlikni yanada oshirish maqsadida tashkil etilayotganini ta’kidladi. Ishtirokchilarga omad tiladi.

Festival davom etmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
03
Yoshlar bilan ishlash
Xotira muqaddas, inson qadri aziz
14:42
Apr
29
Yoshlar bilan ishlash
Talaba-qizlar uchun tanlov o‘tkazildi
18:57

Izoh qoldirish