Dars mashg‘ulotlari mazmunli o‘tmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya professor-o‘qituvchilarining ta’til davrida vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, pedagogika, psixologiya, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari hamda chet tillari bo‘yicha bilimlarini oshirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tmoqda.
Soha mutaxassislari tomonidan 10 kun davomida 30 soatga mo‘ljallangan o‘quv darslarida “Modul-kredit tizimi: afzalligi va kamchiliklari”, “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi”, “Talabalar shaxsini o‘rganish metodlari”, “Raqamli iqtisodiyotni rivojlanishida axborot kommunikatsiya texnologiyalarning o‘rni”, “Ta’lim jarayonida talabalarni psixologik faollashtirish”, “Jismoniy tarbiya mashqlari” kabi mavzularda ma’ruzalar olib borilmoqda.
Mazkur kurslar pedagog kadrlarning kasbiy bilim, ko‘nikma va mahoratlarini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish hamda zamonaviy talablarga muvofiq ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajadagi kasbiy tayyorgarlikni o‘stirishga qaratilgan. O‘quv kurslari 9-yanvarga qadar davom etadi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish