130

Mazhabsizlik – jamiyatda ixtiloflarga sabab bo‘ladi

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

Hozirgi kunda islom diniga nisbatan butun dunyoda qiziqish va intilish kuchayib borayotgani barchaga ma’lum. Ammo buni ko‘ra olmaydiganlar tomonidan bunga qarshi turli nayranglar o‘ylab topilayotgani ham hech kimga sir emas. Musulmonlar orasida fitna qo‘zg‘ab, o‘zaro kelishmovchiliklarni keltirib chiqarish va jamiyat hayotida barqarorlikni izdan chiqarishda islomni noto‘g‘ri talqin qilib, uning nomidan turli noto‘g‘ri g‘oya va oqimlarni paydo qilish eng asosiy qurolga aylanib qoldi. Ayni shu asosda mazhabsizlik muammosi ham paydo bo‘lganligi ehtimoldan xoli emas.

Xalqimiz bir necha asrlardan beri hanafiylik mazhabiga amal qilib keladi. Hanafiylik o‘z tarixiy taraqqiyotining barcha bosqichlarida musulmonlarning hamjihatligi, o‘zaro inoqligi va birligini ta’minlash uchun kurashib kelgan. U musulmonlar orasidagi har qanday firqachilikka qarshi bo‘lib, qavmning diniy e’tiqod belgilari bo‘yicha guruhlarga bo‘linish g‘oyasini hech qachon tan olmagan. Mazhabsizlik haqida Ramazon Butiy “Mazhabsizlik – islom shariatiga tahdid solib turgan eng katta bid’at” deb aytganlari bejiz emas edi. 

Hozirgi kunimizda hali ham yurtdoshlarimiz ichida bilib-bilmay ushbu g‘oyaning ta’sirida yurgan kishilarning mavjud bo‘lishi bu g‘oyani diniy-ma’rifiy asosda chuqur o‘rganib, uning asl mohiyatini ochib berish, uni odamlarga, xalqimizga to‘g‘ri tushuntirib berish va shu yo‘l bilan mazhabsizlik salbiy oqibatlarini oldini olish bugungi kundagi muhim va dolzarb vazifalardan bo‘lib qolmoqda.

Mazhabsizlik jamiyat hayotida ixtilof va janjallarni keltirib chiqaradi va buning natijasida turli radikal oqimlarga moyil “kadrlar” yetishib chiqadi. Birdamlik va barqarorlikka salbiy ta’sir yetadi. Bugungi kunda mazhabsizlikning oldini olishning ma’naviy, diniy va ma’rifiy asoslariga alohida ahamiyat berish lozim.

Abdug‘ofur FOZILOV,

Chortoq tuman bosh imom-xatibi

Manba: muslim.uz

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
03
Jaholatga qarshi marifat
Fatvo haqida
19:43
Apr
01
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:26
Jan
05
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:25

Izoh qoldirish