212

Talaba-qizlar sport o‘yinlarida bellashdi

Bugungi kunda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talaba-qizlari o‘rtasida sport bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Voleybol bellashuvida talaba-qizlar o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

Yakunda bu kabi do‘stlik sport musobaqalarini muntazam o‘tkazib turish kerakligi, bu orqali ikki ta’lim muassasa o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanishi ta’kidlandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish