196

Akademiya ilmiy anjumanlar davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida kafedralar tomonidan respublika va xalqaro miqyosda xalqaro konferensiya va anjumanlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday ilm mashvaratlaridan biri “Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasi va hamkorligini rivojlantirishning ijtimoiy va siyosiy jihatlari” mavzusiga bag‘ishlandi.

Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan ilmiy-amaliy seminarda muhim mavzular haqida so‘z yuritildi.

Tadbirda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori Muhammadolim Muhammadsiddiqov, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz katta ilmiy xodimi Guli Yuldasheva, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi boshlig‘i o‘rinbosari G‘ulom Mirzayev, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti kichik ilmiy xodimi Avazbek Shermatov, “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

Seminar “Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning rivojlanish tendensiyalari: ilmiy-nazariy yondashuvlar”, “Markaziy Osiyoda mamlakatlar hamkorligini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy, madaniy-gumanitar masalalari”, “Markaziy Osiyo davlatlarining rivojlanishi tarixiy masalalari”, “Markaziy Osiyo davlatlarining huquqiy tizimi xususiyatlari” hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik aloqalari” singari shu’ba yig‘ilishlariga bag‘ishlandi.

Davra suhbatida “Markaziy Osiyo mamlakatlarida davlat va din munosabatlari”, “Взаимоотношения Узбекистана и Таджикистана на современном этапе”, “O‘zbеkistonning Markaziy Osiyodagi faol, tashabbuskor va konstruktiv diplomatiyasi”, “O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarida ishonchli hamkorlikning yangi bosqichi”, “Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning rivojlanish tendensiyalari”, “Markaziy Osiyoda xalq diplomatiyasini rivojlantirishning dolzarb masalalari” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Seminar yakunida yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish