421

Talabalar o‘rtasida “Huquq bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Huquq bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur tanlov “Huquqiy savodxonlik oyiligi” doirasida “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, tyutorlar rahbarligida tashkil etildi. 

Tanlov doirasida talabalar o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusida huquqshunoslikning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar tanlovi hamda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va yoshlar huquqlariga bag‘ishlangan “Blits-so‘rov” tanlovi o‘tkazildi.

Yakunda g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ularga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
07
Yoshlar bilan ishlash
“Akademiya ligasi” start oldi
15:38
Apr
04

Izoh qoldirish