361

Magistrlar uchun sohaga oid mahorat darslari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Bunyod Abdullayev bilan mahorat darsi o‘tkazildi.

Amaliy mashg‘ulotda “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi, PhD Madina Nuriddinova hamda “Jurnalistika (Internet jurnalistika)” yo‘nalishi 1-bosqich magistrlari qatnashdi.

Mahorat darsida yurtimizda ekologik vaziyat, ekologik muammolarning ommaviy axborot vositalarida yoritilishi, ekolog-jurnalist ixtisoslashuvi haqida so‘z yuritildi. Interaktiv metodlar orqali tashkil etilgan binar darsda ishtirokchilar o‘zlari uchun foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Yakunda magistrlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
10
Yoshlar bilan ishlash
Xotira abadiy, qadriyat muqaddas
14:32
May
08
May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05

Izoh qoldirish