418

BAAda islom qonunlari yumshatilmoqda

Birlashgan Arab Amirliklari insonlarning shaxsiy erkinliklar uchun islom qonunlari yumshatilganligini e’lon qildi. Bu haqida apnews.com sayti xabar bermoqda.

Manbada qayd etilishicha, Birlashgan Arab Amirliklari mamlakatda insonning shaxsiy hayotiga doir  qonunlarni tubdan o‘zgartirish haqida e’lon qildi. Bunda yoshlarning hayot tarzi bilan bog‘liq ba’zi cheklovlar yumshatilmoqda.

“Islohotlar mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy mavqeini oshirishga va BAAda bag‘rikenglik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan”, deb yozmoqda mamlakatdagi WAM yangiliklar agentligi. Mazkur xabar The National gazetasida keng yoritilgan. Ushbu qadam AQSH vositachiligida BAA va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan tarixiy bitimdan so‘ng amalga oshirilishi kutilmoqda. Bu Isroil sayyohlari va sarmoyalari ko‘payishiga olib keladi.

O‘zgarishlarga 21 yoshga to‘lganlarga spirtli ichimliklar sotuvini yengillatish va saqlash uchun jarimalarni bekor qilish kabi normalar ham kiritilgan. Amirliklarning hashamatli shaharlaridagi bar va klublarda spirtli ichimliklar savdosi cheklanmagan bo‘lsa-da, jismoniy shaxslarning spirtli ichimliklar sotib olishi, tashish yoki ichish uchun hukumat tomonidan beriladigan litsenziya talab qilinar edi. Yangi qoida bu tartiblarni bekor qiladi.

Yana bir o‘zgartish: ayollar huquqlarini yanada himoya qilish maqsadida hukumat shu paytga qadar keng tanqid qilingan — qabila urf-odati, ya’ni erkak qarindoshning ayolga tajovuz qilganlik uchun jazoda qutilishi mumkin bo‘lgan holat ham butkul man etiladi. Bunda ayolni tahqirlaganlik uchun har bir kishi, garchi u qarindosh bo‘lishiga qaramay jinoiy jazoga tortilishi muqarrarligi belgilanadi, deya xabar beriladi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish