168

“Jaholatga qarshi ma’rifat” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida talaba-yoshlar o‘rtasida esse va insholar ko‘rik-tanlovi o‘tkazilgan edi.

Mazkur tanlov “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi va “Yosh faylasuflar” to‘garagi hamkorligida tashkil etildi. 

Bugungi globallashuv jarayonida yosh avlodni yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmasligi hamda mafkuraviy immunitetini shakllantirish maqsadida o‘tkazilgan esse va insholar belgilangan shart va talablar asosida baholandi. 

Yakunda “Xalqaro munosabatlar” (rus) yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Jasmina Yo‘ldoshmatova 3-o‘rinni, “Xalqaro munosabatlar” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Kamola Esanova esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. “Dinsotsiopsixologiyasi” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Saodat Zulhaydarova esa 1-o‘ringa munosib ko‘rildi.

Shuningdek, turli nominatsiyalar bo‘yicha sovrindorlar aniqlandi. 

Shu munosabat bilan tanlov sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosev, kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Ko‘rik-tanlov g‘olib va sovrindorlariga pul mukofoti, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish