Talabalar o‘rtasida intellektual bellashuv o‘tkazildi
Yurtimizning bilimga chanqoq, iqtidorli yoshlari kelajagimizning mustahkam poydevori sanaladi. Shunday ekan, ular har jihatdan mukammal bo‘lishi, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini egallashi, mustaqil fikrlay olishi, xorijiy tillarni puxta bilishi muhim ahamiyatga ega.
Bugun shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Sohaga oid rus tili” mavzusida intellektual ma’rifiy tanlov o‘tkazildi.
Tanlovda Akademiya talabalaridan iborat “Xalqaro jurnalistika”, “Turizm”, “Yurisprudensiya” hamda “Filologiya” jamoalari ishtirok etdi.
Jamoalarning chiqishlarini Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda xodimlaridan iborat Hakamlar hay’ati adolatli tarzda baholab bordi.
Bellashuv salomlashish, blits-so‘rov, otlarning kelishikda turlanishi, “Oila va tarbiya” mavzusidagi hadislar tanlovi” hamda erkin mavzuda ijodiy ko‘rinishlar kabi shartlardan iborat bo‘ldi.
Tashkilotchilar tomonidan mazkur tanlovni o‘tkazishdan maqsad talabalarda xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, qobiliyatlarini yuzaga chiqarish ekani qayd etildi.
Yakunda Mumtoz sharq filologiyasi fakultetining “Filologiya” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish