407

Akademiyada “Balli qizlar!” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

So‘nggi yillarda yurtimizda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, xotin-qizlarni turli yot illatlar ta’siridan asrash, qizlarni milliy qadriyatlarimizga tayangan holda tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Balli qizlar!” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. 

Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tomonidan tashkil etilgan tanlovda fakultetning 5 nafar iste’dodli va zukko talaba-qizlari ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov kirish so‘zi bilan ochib berib, tanlov qatnashchilariga omad tiladi.

Tanlovda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva, Akademiya psixologi Gulrux G‘aniyeva, Akademiya xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Hayotxon To‘ychiyeva, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.

Bellashuv 4 ta shart – tanishtiruv, mantiqiy savol-javoblar, pazandalik mahorati hamda erkin mavzuda ijodiy chiqish kabi shartlardan iborat bo‘ldi. 

Qizlarning aql-zakovati, pazandalik mahorati hamda ijodiy qobiliyatlari sinovdan o‘tkazilgan ushbu tanlov tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Har bir shartga yuqori tayyorgarlik va e’tibor bilan yondashgan qizlar tanlov davomida chaqqon va zukko ekanliklarini namoyish etib, tomoshabinlar va ustozlarining e’tirofiga sazovor bo‘ishdi.

Hakamlar hay’atining yakuniy natijalariga ko‘ra, “Eng oqila qiz” nominatsiyasida Dilobar Abdug‘afforova, “Eng zukko qiz” nominatsiyasida esa Munisa Boboqulova g‘olib deb topildi. “Eng chaqqon qiz” nominatsiyasini Sevara Boboyorova qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Eng kreativ qiz” deb Diyora Turg‘unova topildi. “Fakulet malikasi” sovrini esa Husniyabonu Hazratqulovaga nasib etdi.

Yakunda ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish