Akademiyada xalqaro oila kuniga bag‘ishlangan psixologik-trening o‘tkazildi
Yurtimizda azaldan oila muqaddas dargoh sifatida qadrlanadi. Oilada vatanga sadoqat, ota-onaga hurmat, oila aʼzolari o‘rtasida o‘zaro mehr-muruvvat omillari singdiriladi. Bu esa oiladagi maʼnaviy muhitni barqarorlashtirib, yosh avlodning jamiyat oldidagi masʼuliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
15-may sanasi jahonda – Xalqaro oila kuni sifatida qayd etilgan. Mazkur bayram BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yil 20-sentabrdagi Xalqaro oila yili to‘g‘risidagi rezolyutsiyaga muvofiq, 1994-yilning 15-mayidan buyon muntazam tarzda nishonlanadi.
Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Men va oilam qahramoni” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.
Davra suhbatini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbirda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva, Akademiya psixologi Gulrux G‘aniyeva, Akademiya xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Hayotxon To‘ychiyeva, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar, talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan yurtimizda oilani mustahkamlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar xalqaro hamjamiyatda yuksak eʼtiroflarga sazovor bo‘layotgani e’tirof etildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan mazkur rezolyutsiyadan asosiy maqsad dunyo jamoatchiligi eʼtiborini oiladagi muammolarni bartaraf etish va oila qadriyatlarini mustahkamlashga qaratish ekanligi qayd etildi.
Tadbir davomida talabalar ota-onalariga o‘zlarining samimiy tilaklarini yetkazishdi. Bu orqali ota-ona va farzand o‘rtasidagi munosabatlar yanada ijobiy ahamiyat kasb etdi. Yakunda o‘qish va jamoat ishlarida har jihatdan faol, namunali xulqi va tarbiyasi, bilimi bilan boshqa tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan talabalarning ota-onalariga sertifikat topshirildi.
Ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etilgan tadbirdan so‘ng Akademiya hududiga ekskursiya tashkil etildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish