415

Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi

Bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishi sifatida belgilangan. Bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Shu maqsadda Samarqandda “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” festivali o‘tkazildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda respublikamizning barcha viloyatlaridan oliy taʼlim muassasalarining xotin-qizlar maslahat kengashi raislari, olima ayollar, senаtorlar qatnashdi.

Ahamiyatlisi, mazkur festivalda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Hayotxon To‘ychiyeva ham ishtirok etdi. 

Anjumanda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva videoaloqa orqali tadbir qatnashchilariga murojaat etib, jamiyat rivojida ta’limning, ayniqsa, xotin-qizlarning ilm olishi ahamiyati, olimalarning sohadagi rolini oshirish masalalariga to‘xtaldi.    

Festivalda “Ilm-maʼrifatli oqila qizlar Uchinchi Renessans ko‘zgusi”, “Ayollarning ilm-fandagi faolligini oshirish masalalari”, “Oilaviy munosabatni mustahkamlashda diniy qadriyatlarning oʻrni va islomda ayollarga munosabat”, “Yangilanayotgan Oʻzbekistonda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar”, “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻrovonliklarning kelib chiqish sabablari va ularni oldini olish mexanizmlari”, “Oliy taʼlim muassasalarida talaba qizlarni mustaqil hayotga tayyorlashda oila va mahalla hamkorligi uzviyligini taʼminlash mexanizmlari” kabi mavzularda olima ayollar o‘z ma’ruza va chiqishlari bilan ishtirok etishdi. 

Festival doirasida milliy liboslar namoyishi, konsert dasturi hamda xotin-qizlar velomusobaqasi ham tashkil etildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish