Akademiyada dolzarb mavzuga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
“Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasida tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Akademiya professor-o‘qituvchilari, tyutorlar, “Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi” psixologi Umida Turg‘unova hamda talabalar ishtirok etdi.
“O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashishga qaratilgan choralarni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi”ning 22-bandida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan davra suhbatida psixolog Umida Turg‘unova zo‘ravonlikning jamiyatda ko‘payib borish sabablari, uning oldini olish hamda bartaraf etish yo‘llari haqida ma’lumot berdi. Oilada er-xotin majburiyatlari, vazifalari, nizolarni yuzaga keltirish omillariga to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassisdan javob olishdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish