Xorijiy tillarni bilish – davr talabi
Bugungi kunda har bir insonning xorijiy tillarni bilishi muhim hisoblanadi. Globallashuv davrida bu zamon talabi bo‘lib qolayotir. Shu bois, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbir va uchrashuvlarni muntazam tashkil etish an’anaga aylangan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa yoshlarning o‘zaro fikr almashinuvi, egallagan bilimlarini yanada mustahkamlashlari nazarda tutilgan.
E’tirof etish joizki, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yoshlarni xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Talabalar uchun mahorat darslari, o‘quv kurslari, turli uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ana shunday loyihalardan biri – “Debat” loyihasi doirasida talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Chet tillari” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva, kafedra mudiri Barno Shamsematova, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi. Talabalar ingliz tilida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Tadbirda qatnashgan talabalar esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish