203

Muloqot tomonlar uchun foydali bo‘ldi

Bugungi kunda taʼlim sohasini tubdan takomillashtirish davr talabiga aylangan. Mazkur talabdan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda. 

Jumladan, bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Yangi asr universiteti rektori Qobiljon Zohidov va O‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Dilmurod Mamatov bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Qosimova, “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi mudiri Malika Nosirova, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Gulyuz To‘rayeva hamda magistratura bosqichi bitiruvchilari ishtirok etdi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik aloqalari muhokama etildi. Bitiruvchilarning bandligini ta’minlash masalalari haqida so‘z yuritildi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish