199

Akademiya doktoranti ilmiy seminarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi

Samarqandda xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika kengashi hamda “AQSH-Markaziy Osiyo universitetlari hamkorlik dasturi” (UniCEN) tomonidan ilmiy seminar oʻtkazildi. 

“Tadqiqot metodologiyasi” mavzusiga bagʻishlangan mazkur anjumanda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti Shohsanam Niyozova ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 

Seminarda Markaziy Osiyoning Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Tojikiston davlatlaridan saralab olingan professor-oʻqituvchi hamda yosh tadqiqotchilarga xorijlik mutaxassislar tomonidan intensiv darslar va mahurat darslari olib borildi. Asosiy urgʻu tadqiqot olib borish, ilmiy maqola yozish boʻyicha xalqaro tajribani ulashish va soʻnggi yillardagi tendensiyalarni tahlil qilishga qaratildi.

Anjuman yakunida ishtirokchilarga sertifikat topshirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish