
Zalolat ahli
JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT
Bu dunyoda inson yashar ekan doimo yuzi yorugʻ boʻlishiga intiladi. Moʻmin-musulmon har doim duosida “Ey Alloh, ikki dunyoda yuzimni yorugʻ qil?”, deb duo qiladi va shunga muvofiq harakat qiladi.
Insonning bidʼat ishlarni qilishi uni zalolatga yetaklaydi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Sizlar mening va toʻgʻri yoʻlda yuruvchi, hidoyat topgan xulafolarimning yoʻlini tutib, uni oziq tishlaringiz bilan tishlagandek mahkam ushlanglar. Dinga yangiliklar kiritishdan saqlaninglar, albatta, har qanday bidʼat zalolatdir” – deganlar (Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyati).
Islom dinida tafriqalarni yuzaga keltirish, turli xil oqimlarga boʻlinish, tarafkashlik qilish kabi ishlar zalolatga olib boruvchi bidʼatlardir.
Zalolat esa qiyomat kuni insonning yuzini qora boʻlishiga sababchi boʻladi. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Baʼzi yuzlar yorugʻ va baʼzi yuzlar qorayadigan Kun (qiyomat)ni eslang...” (Oli Imron surasi, 106-oyat), degan oyatni: “Ahli sunna val-jamoat”ning yuzi yorugʻ boʻladi, ahli bidʼat va zalolatning yuzi qorayadi”, deb tafsir qilganlar (Imom Molik, Imom Daylamiy rivoyati).
Alloh taolo barchamizni turli xil zalolatlardan asrab, Oʻzining haq yoʻlida bardavom qilsin!
R.AKBAROV,
Qashqadaryo viloyatdagi vakillik xodimi
Manba: muslim.uz

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish