Malayziyalik dinshunos olimlar bilan onlayn davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Malayziya islom ilmlari universiteti (USIM) professor-o‘qituvchilari ishtirokida onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
“Malayziyada dinshunoslik fanlarini o‘qitishdagi yondashuvlar” mavzusidagi uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Zokirjon Ro‘ziyev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Malayziya universitetining Liderlik va boshqaruv fakulteti “Aqida va dinshunoslik” kafedrasi professor-o‘qituvchilari – doktor Mohd Rosmizi Abd Rahman hamda Marina Munira Abdul Mutalib ishtirok etdi.
ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan muloqotda ikki ta’lim muassasalarida dinshunoslik sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, o‘zbekistonlik va malayziyalik olimlarning o‘zaro ilmiy hamkorligi istiqbollari haqida fikr almashildi. Xususan, Akademiyada “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligidan o‘tiladigan fanlar va ushbu fanlar bo‘yicha tayyorlangan adabiyotlar, “Dinshunoslik” ixtisosligidan amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar bilan tanishtirildi.
Ayni paytda malayziyalik mutaxassislar o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muassasasi “Liderlik va boshqaruv” fakulteti doirasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha belgilangan o‘quv dasturlari Akademiyaning soha yuzasidan tanlagan yo‘nalishiga hamohang ekanini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida “Liderlik va boshqaruv” fakulteti dasturlarida turizm yo‘nalishi doirasida ham kadrlar tayyorlash belgilangani haqidagi ma’lumotlar ishtirokchilar tomonidan qiziqish bilan tinglandi. Shu maqsadda ziyorat turizmi borasida ikki ta’lim muassasalari o‘rtasida turli ta’lim dasturlari, ilmiy tadqiqotlar va talabalar tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha salohiyatlar yuqori baholanib, kelgusida mazkur yo‘nalishlarda hamkorlikni jadallashtirishga kelishib olindi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish