249

Diniy-maʼrifiy soha vakillari umumxalq referendumida faol ishtirok etdi

Bugun 30-aprel – yurtimizda muhim siyosiy jarayon – “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi konstitutsiyaviy qonun yuzasidan umumxalq referendumi boʻlib oʻtmoqda.

Maʼlumki, 2021-yil 6-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz lavozimiga kirishishiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida senator va deputatlar, keng jamoatchilik, xalq bilan maslahat qilib, jahon konstitutsiyaviy tajribasini oʻrganib, puxta oʻylagan holda bugungi va kelgusi taraqqiyotimizni belgilab beradigan Asosiy qonunimizni takomillashtirish masalasini koʻrib chiqish kerakligini taʼkidlagan edi.

Shu bois, bir yarim yil mobaynida mazkur jarayonga puxta tayyorgarlik koʻrildi. Yetuk mutaxassislar ishtirokida va xalqaro tajribalar asosida tayyorlangan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinib, xalqning fikri oʻrganildi. Jamoatchilik tomonidan 220 mingdan ziyod takliflar kelib tushgan boʻlsa, ahamiyatlisi, ularning har toʻrttasidan bittasi loyihadan joy oldi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya moddalari soni esa amaldagi 128 tadan 155 taga, normalari 275 tadan 434 taga oshdi. Asosiy qonunimizning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilandi. Natijada insonning qadr-qimmati, shaʼni va gʻururi ustuvor maqsad qilib olingan, izchil va puxta oʻylangan, bir necha bosqich davomida ishlab chiqilgan Bosh Qomusimizning yangi tahrirdagi varianti yaratildi.

Bugun esa yurtimizda umumxalq referendumi doirasida xalqimizning amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuygʻusi yana bir bor boʻy koʻrsatdi. Ertalabki soat 8:00dan boshlab aholi oʻzlari biriktirilgan referendum uchastkalariga chiqib, ovoz berish jarayonida ishtirok etdi. Jumladan, mamlatimizdagi diniy-maʼrifiy soha vakillari hamda milliy madaniy markazlari xodimlari ham referendumda faol qatnashdi.

Markaziy saylov komissiyasiga soat 14:00 holati boʻyicha berilgan hisobotga koʻra, Din ishlari qoʻmitasi markaziy apparati, Din ishlari qoʻmitasi hududiy boshqarmalari, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, uning tasarrufidagi muassasalar imom-xatiblari, Otinoyilar, “Vaqf” xayriya jamoat fondi, Diniy taʼlim muassasalari, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillari referendum jarayonlarida 100 % ishtirok etib, ovoz berishdi.

Bu esa yurtimizda Oʻz kelajagi, taqdiri va eng avvalo, yurtimizda “Inson qadri uchun” shiori ostida amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq boʻlmagan yurtdoshlarimizning faol tashabbuslari samarasidir. Zero, kelgusida yangi tahrirdagi Konstitutsiya davlatimiz barqarorligi va kelajagi, inson manfaatlarining huquqiy asosi boʻlib xizmat qilishi shubhasiz.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish