Akademiyada “Hamkorlik kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi
Yurtimizda yoshlarni jismonan sogʻlom, maʼnan barkamol etib tarbiyalash, ularning sportga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda barcha taʼlim maskanlarida sogʻlom turmush tarziga amal qilish, sport infratuzilmasini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Sport esa yoshlarni jismonan sogʻlom, irodali, bagʻrikeng va intizomli etishda eng muhim omillardan biridir.
Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlab, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Hamkorlik kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi.
Mazkur bahslarda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti, “Yunus Rajabiy” nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti, Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamda O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti talabalari ishtirok etdi.
“Hamkorlik kubogi” sport musobaqalarida ishtirokchilar sportning mini futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka hamda kibersport turlari bo‘yicha bellashishdi.
Ochilish marosimida so‘zda chiqqanlar mazkur musobaqa yurtimizdagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlik, doʻstlik va birdamlikni yanada mustahkamlovchi muhim platforma ekanini ta’kidlashdi.
Yakunda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish