140

Referendum jarayonlariga xalqaro kuzatuvchilar yuqori baho berdi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Ziyo-zukko” maktabidagi 359-referendum uchastkasiga xalqaro kuzatuvchilar – doktor Akkan Suver va Sezgin Bilgich referendum jarayonlarini ko‘zdan kechirish maqsadida tashrif buyurishdi.

Nufuzli mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov kutib oldi. Akademiya rektori mehmonlarni yurtimizda ko‘rib turganidan mamnun ekanligini bildirdi.

Uchrashuv davomida xalqaro kuzatuvchilar –  Akkan Suver va Sezgin Bilgich 30-aprel – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi referendumi xalqimiz tomonidan ko‘tarinki kayfiyat va uyushqoqlik bilan o‘tkazilayotganini ta’kidlashdi. 

O‘z navbatida 359-referendum uchastkasida saylovchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, umumxalq referendumi yuqori saviyada tashkil etilayotganini e’tirof etishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish