217

Akademiyada referendum munosabati bilan bayram sayli tashkil etildi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilayotgan referendum tadbirlari ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.

Referendum davomida Akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari yangi tahrirdagi xalq Konstitutsiyasi uchun ovoz berishdi. Shundan so‘ng Akademiya hovlisida turli sport o‘yinlari, bayram tadbirlari tashkil etildi. Doshqozonlarda osh damlandi. 

Shuningdek, salomatligida muammo bo‘lib, 359-referendum uchastkasiga kela olmagan talabalarning uylariga borib, masullar guvohligida ovoz berish jarayonlari tashkil etildi. 

Bir so‘z bilan aytganda, umumxalq referendum bayram sayliga aylanib ketdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish