Referendum tadbirlari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham davom etmoqda
Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan referendum tadbirlari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham katta ishtiyoq va uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
Jumladan, “Ziyo-zukko” maktabida tashkil etilgan 359-referendum uchastkasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari yangi tahrirdagi xalq Konstitutsiyasi uchun ovoz berishda faol ishtirok etmoqda.
Ahamiyatlisi, soat 359-referendum uchastkasining 13:00 dagi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari referendumda 100 foiz ishtirok etib, ovoz berishdi.
O‘z kelajagi, taqdiri va eng avvalo, yurtimizda “Inson qadri uchun” shiori ostida amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimiz referendumda faol qatnashayotir. Zero, Konstitutsiya davlatimiz barqarorligi va kelajagi, inson manfaatlarining huquqiy asosidir.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish