231

“Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida BMT modeli loyihasi”

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan tadbir shu mavzuga bag‘ishlandi. 

“Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakultetining Yurisprudensiya (islom huquqi) yoʻnalishi 1-kurs talabalarining tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda fakultet dekani Habibullo Sadibaqosev so‘zga chiqib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi. Bu kabi davra suhbatlari talabalar bilimini oshirishda muhim ekanini ta’kidladi.

Inson huquqlari komitetining “Kam rivojlangan mamlakatlarda oʻsishni yaxshilash” mavzusida boʻlib oʻtgan yigʻilishda barcha talabalar faol ishtirok etib, oʻzlari himoya qilayotgan davlatlarning yakuniy rezolyutsiyasini tayyorladilar.

Tadbir yakunida ishtirokchi-talabalarga sertifikat va ko‘krak nishoni topshirildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish