Talabalar uchun amaliyotchi sudya ishtirokida binar mashgʻulot o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yurisprudensiya yo‘nalishi 1-bosqich talabalari bilan “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Firuz Rashidov va sudya Xurshida Qurbonova ishtirokida Konstitutsiyaviy huquq fani doirasida “Sud hokimiyati” mavzusida binar mashg‘ulot tashkil etildi.
Mashg‘ulotda sud hokimiyatining o‘rni va maqomidan tashqari sudyalar odob-axloq kodeksi, sudlarda ishlarni ko‘rishda sudlovlilik va taalluqlilik, sud instansiyalari haqida ma’lumotlar almashilganidan so‘ng bevosita sud protsessi tashkil etildi.
Unda talabalar bugungi kun uchun eng katta muammo bo‘lib turgan ajrimlar yuzasidan nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi ishni sud prosessida ko‘rib chiqishni taklif qildi.
Nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi ish apelyatsiya instansiyasi tartibida ko‘rib chiqildi. Fuqarolik ishida raislik qiluvchi va hay’at a’zolari, sudya yordamchisi, da’vogar va javobgar, guvohlarning protsessual huquq va majburiyatlari birma-bir tushuntirildi.
Sud prosessi natijasida birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirilib, da’vo qanoatlantirilmadi. Mazkur binar mashg‘ulot talabalar uchun amaliy ahamiyat kasb etib, kelajakda kasb tanlash va mutaxassis sifatida shakllanishlariga munosib hissa bo‘lib xizmat qiladi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish