Islom – mo‘tadil din!
JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT
Bismillahir rohmanir rohim
Moʻtadillik, ishlarda o‘rta yo‘lni tutish Islom ummatiga xos. Alloh taolo islom ummatini boshqa ummatlar ichida o‘rta ummat qilgan. Bu haqda Qur’oni karimda shunday marhamat qilinadi:
“Shuningdek, sizlarni (musulmonlarni boshqa) odamlarga (ummatlarga) guvoh bo‘lishingiz va Payg‘ambarning sizlarga guvoh bo‘lishi uchun “o‘rta ummat” qilib qo‘ydik” (Baqara surasi, 143-oyat).
Oyati karimadagi “o‘rta ummat”ning ma’nosi adolatli, eng yaxshi va turli fazilatlarga ega bo‘lishdir. Mana shu oyati karima dalolati bilan Islom ummati afzal ummat hisoblanadi. Bunga quyidagi oyati karima ham dalolat qilib turadi:
“Odamlarga chiqarilgan (ma’lum bo‘lgan) ummatning eng yaxshisi bo‘ldingiz, (ey, musulmonlar!) zero, siz amri ma’ruf, nahyi munkar qilasiz va Allohga imon keltirasiz” (Oli Imron surasi, 110-oyat).
Alloh taolo o‘z o‘rnida Ahli sunna val jamoa (mashhur to‘rt mazhab ergashuvchilari)ni boshqa islomiy firqalar ichida vasatiylik-moʻtadillik bilan ajratib qo‘ydi. Bu haqda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday deydilar:
“Ummatimdan bir toifa haqda zohir bo‘lgan hollarida davom etarlar, ularni tark qilgan kishi ularga zarar keltira olmas. Allohning amri kelgunicha ular o‘sha holda bo‘lurlar” (Imom Muslim rivoyatlari).
Xulosa qilib aytganda, аhli sunna val jamoa ham din ishlari: e’tiqod, ilm, amal va axloqda moʻtadildir. Sog‘lom fikrli inson yaxshi anglaydiki, Islom dini ta’limotida moʻtadillik g‘oyasi yotadi va unga ergashish insoniyatni hech qachon zalolatga boshlamaydi. Zero, moʻtadillik bu – haddan oshish yoki sustkashlikka yo‘l qo‘yish, qattiq olish yoki o‘ta bo‘sh qo‘yib yuborish o‘rtasida bo‘lib, mana shu muvozanatni saqlagan kishi to‘g‘ri yo‘ldan adashmaydi.
Salimxon JAMOLIDDINOV,
Mir Arab oliy madrasasi talabasi
Manba: muslim.uz
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish