162

Zulmdan saqlaning

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

Alloh taolo insonni O‘zining yerdagi xalifasi bo‘lishini iroda qilib, uni barcha mahluqotlardan ustun qilib yaratdi. Unga aql, imon-u e’tiqod ato etib, o‘zaro hamjihatlik, mehr-shafqat, muruvvat va salohiyat kabi sifatlar bilan ziynatladi.

Musulmon odam har qanday zulm, fitna-fasod, birovning molini nohaq yo‘l bilan yeyish va joniga qasd qilish kabi botil ishlardan tiyilishi lozim. Muqaddas dinimiz ta’limotining asosi bo‘lmish Qur’oni karim va hadisi shariflarning aksarida insoniy fazilatlarni ulug‘lashga va unga amal qilishga chaqiriladi. Shayton yo‘lidan qaytariladi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “Ey odamlar! Yer yuzidagi narsalardan halol-poklarini yenglar va shayton izidan ergashmanglar, chunki u sizlarga ochiq dushmandir. Albatta, u sizlarni yomon va fahsh ishlarga hamda Allohga qarshi bilmagan narsangizni gapirishingizga buyuradi” (Baqara, 167, 168).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarida ham zulm, zo‘ravonlik va adovat katta gunoh ekani ta’kidlanib, shunday marhamat qiladilar: “Ey odamlar, Allohdan qo‘rqinglar! Allohga qasamki, qaysi bir mo‘min boshqa bir odamga zulm qilsa, qiyomat kuni Alloh taolo mazlumga undan qasos olib berur”. Boshqa hadisda esa Rasululloh sallolohu alayhi vasallam: “Birodaringizga hoh u zolim bo‘lsin, hoh mazlum bo‘lsin, yordam bering, dedilar, dedilar. Shunda (sahobalar): “Mazlumga-ku yordam beramiz, zolimga yordam berishlik qanday bo‘ladi?”, deb so‘rashganida U zot sallolohu alahi vasallam: “Uni zulm qilishdan to‘xtatib qolsangiz, shu unga qilgan yordamingiz bo‘ladi”, deb javob berdilar.

Demak, yuqoridagi ta’limotlardan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, o‘zini musulmon deb sanagan har bir inson, o‘zgalarga yomonlik qilishdan, zulm-u tajovuzkorlikdan tiyilishga undaydi. Ayniqsa, bugungi kundagi zulmning bir ko‘rinishi bo‘lmish ijtimoiy tarmoqlar orqali sodir etilayotgan o‘zgalarning sha’ni, or-nomusi, iffatiga nibatan tajovuz, haqorat va tahdid qilishdan tiyilishi lozim. Aks holda, qiyomat kunida Robbisining huzurida qilgan har bir zulmi uchun javobgar bo‘ladi.

Mutallibxon MUHAMMADXONOV,

Pop tuman “Chinor” jome masjidi imom-xatibi

Manba: muslim.uz

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
03
Jaholatga qarshi marifat
Fatvo haqida
19:43
Apr
01
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:26
Jan
05
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:25

Izoh qoldirish