289

Akademiya o‘qituvchilari Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetida xizmat safarida bo‘ldi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi o‘qituvchilari Mohira Abdullayeva, Ramziddin Isoqjonov va Nurilla Turambetov Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahridagi Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetida xizmat safarida bo‘ldi.

Akademiya vakillari mazkur xizmat safari davomida II Xalqaro Farobiy Forumi doirasida tashkil etilgan “Abu Nasr Farobiyning falsafiy tili va til falsafasi” mavzusidagi xalqaro konferensiyada dinshunos-ekspert sifatida ishtirok etdi. 

Xalqaro forumda Mohira Abdullayeva tomonidan “Вопросы почитания родителей в Коране и хадисах”, Ramziddin Isoqjonov “Гносиологические принципы в теологии Ибн Сины” hamda Nurilla Turambetov “Актуальные вопросы теолингвистики  в исследованиях немецких религиоведов XIX в.” mavzularida ma’ruza qildi.

Forum doirasida Akademiya vakillari bilan bir qatorda xorijiy davlatlardan kelgan mutaxassislar tomonidan ham turli ma’ruzalar ham tashkil etildi. Tadbirda professor o‘qituvchilar, doktorant, magistrantlar, media-trenerlar, ommaviy axborot vositalari sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari o‘zlarining fikr-mulohazalari bilan qatnashdi.

Yakunda Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetining 2 ta Barqaror rivojlanish bo‘yicha UNESCO kafedrasi hamda Jurnalistika va kommunikatsiya bo‘yicha UNESCO kafedrasi mavjudligini inobatga olib, UNESCO kafedralari doirasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan hamkorlik rejalari haqida fikr almashildi. 

Izoh qoldirish