323

Agar ogohsen sen – shohsen sen. Agar shohsen sen – ogohsen sen

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

Xalqimizning milliy ma’naviyati, oilalarimizda amal qilinadigan tartib-qoidalar yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyatga egaligini juda yaxshi bilamiz. Diyorimizda milliy qadriyatlar va muborak dinimizning ezgu ta’limotlari asosida oilaga doir qonun-qoidalar yanada mukammal qayta ishlandi. Buyuk ota-bobolarimizdan meros bo‘lib qolib kelayotgan dono xalqimizni yuksak ma’naviyatiga davlatimiz rahbari Muhtaram Prezidentimiz “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyani qo‘shimcha sifatida bizlarga yengilmas kuch qilib berdilar.

Bu vazifa nafaqat biror vazifador yoki biror sohadagi mas’ullarga belgilangan, balki har bir (!) OTA UChUN, har bir (!) ONA UChUN buyuk vazifa, deb bilmog‘imiz lozim!

Muqaddas islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g‘arazli xuruj va hamlalardan, tuxmat va bo‘htonlardan himoya qilish, uning asl mohiyatini unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizga to‘g‘ri tushuntirish, islom madaniyatining ezgu g‘oyalarini keng targ‘ib etish vazifasi xamon dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Hozirgi davrda, axborot texnologiyalari o‘ta tezkorlik bilan rivojlanayotgan bir paytda, nanotexnologiya zo‘r shiddatlik bilan avjiga chiqayotgan zamonda, har xil ommaviy axborot vositalari xilma-xil, to‘g‘ri-noto‘g‘ri ma’lumotlarni kecha-yu kunduz tarqatayotgan bir onda, farzandlarimiz vaqtlarini telefon, kompyuter bilan mashg‘ul bo‘lib, bolalarimiz ular bilan “band” bo‘lib qolganlarida mazkur vazifalar, jannatmakon yurtimiz, muqaddas Vatanimiz, dono xalqimizning har bir fuqarosiga zarur bo‘lsa kerak.     

Dono xalqimiz “yaxshini sharofati, yomonni kasofati” deb bejizga aytmagan... Ularning turli xil yo‘llar bilan berayotgan “tarbiya”lari dono xalqimiz dunyoqarashi va millatimiz mentalitetiga ham, Qur’oni karim oyatlari va Payg‘ambarimiz alayhis salomning hadisi shariflariga ham, dinimiz ko‘rsatmalari va shariatimiz hukmlariga ham, ulamolarimiz fatvolari va davlatimiz qonunlariga ham, sharqona odoblarimiz va mazhabimiz me’yorlariga ham, jamiyatshunoslik aloqalari va odamgarchilik munosabatlariga ham, insoniy tuyg‘ular va ruhshunoslik sir-asrorlariga ham, yurtimiz urf-odatlari va o‘zbekchilik qoidalariga ham, madaniyatimiz axloqlari va insoniy aqlga ham, axloqiy norma va dono xalqimiz maqollariga ham, milliy an’analarimiz va diniy qadriyatlarimizga ham, xalqimiz ongi va musulmonchiligimiz asoslariga ham, hamda Islom dinimiz tushunchalariga ham zid ekanini unutmaylik!

Siz-u bizlar eng to‘g‘ri yo‘ldan, o‘z ota-onalarimiz ne-ne mashaqqatlar chekib o‘rgatgan yo‘ldan, ota-bobolarimizdan buyuk va beqiyos meros bo‘lib kelayotgan yo‘ldan shakardan shirin farzandlarimizni, ne umidlar bilan o‘stirayotgan, qancha orzu-havaslar bilan katta qilayotgan bolalarimizni “ala kimlardir” yana yo‘limizdan ozdirib va adashtirib qo‘yishmasin... Natijada farzandlarimizning o‘zlari ham, oilamiz ham, qavm-qarindoshlarimiz-u qo‘ni-qo‘shnilarimiz ham, do‘stlarimiz-u yaqinlarimiz ham, atrofdagilarimiz ham sarson bo‘lib, ularning kasofatlari yashab turgan mahallamizga, ishlab turgan ishxonamiz va butun el-yurtimizga ham yetmasin...

Toki xali suyagi qotib ulgurmagan yoshlarimizning beg‘ubor olamiga, g‘o‘r ma’naviyatiga “ala kimlar” jiddiy zarar yetkazib qo‘yishmaslaridan oldin, o‘z farzandlarimizni o‘zimiz tarbiyalaylik!

Janob hazrat Payg‘ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam o‘z hadis-shariflarida marhamat qiladilar: “Bolalaringizga odob beringlar va odoblarini chiroyli qilinglar!” 

Oilada erning mavqei balandligi, xotin ham o‘z haq-huquqlariga egaligi, farzandlarning ota-onani hurmat qilishlarini olaylik. ... Ko‘p yillar davomida ota-bobolarimiz qalbiga singib ketgan ushbu milliy va diniy qadriyatlarni bugun yanada sayqallash kerakligini zamon talab etmoqda. Ayniqsa, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan hozirgi zamonda bema’ni xurujlar ko‘payib, ularning inson va jamiyat hayotiga salbiy ta’sirlari misli ko‘rilmagan darajada kuchayib bormoqda. Shuning uchun barchamiz ko‘zimizni kattaroq ochib, ziyraklik va ogohlik bilan bunday xamlalarga qarshi kurashmog‘imiz lozim.

Din-u xalqimiz uchun ertayu-kech xizmat qilayotgan Muhtaram Prezidentimizning “Jaholatga qarshi ma’rifat” oltindan qimmat g‘oyalarini barpo etish maqsadida har birimiz oilamiz a’zolarini HIDOYATga chorlashda, xonadonimizni ISLOM NURI bilan munavvar qilishda, har bir moʻmin va MO‘MINALARga ma’rifat ulashishda SIZLARNING hissalaringiz juda ham ko‘p va sarbaland bo‘lishida hech qanday shubhamiz yo‘q.

Elimiz tanigan, xalqimiz ardoqlagan, mo‘min-musulmonlarimiz boshiga ko‘targan, yurtimiz imomlari e’zozlagan, din peshvolarimiz tan olgan, xalqaro miqyosidagi ulamolar tanigan imom-domlalarimizning ma’ruza-maqolalari qancha ko‘p oilaga kirib borsa, shuncha ko‘p odam Qur’oni karim tafsiri, Hadisi sharif sharhi, aqida, fiqh masalalaridan bahramand bo‘lishlari hamda boshqalarning “darslari”ga aldanib, yot g‘oyalar va botil iddaolarga berilmasdan, muqaddas dinimiz ko‘rsatgan yo‘llardan yurishlari har birimizning ulkan yutug‘imizdir!

Chunki mazkur imom-domlalarimizning ma’ruza-maqolalarida ulug‘ ajdodlarimizdan davom etib kelayotgan duru gavhar rivoyatlari va noyob hikmatlari, buyuk ota-bobolarimizdan eshitib kelayotgan tillo bilan teng pand-nasihatlari va betakror hikoyalari, mehribon ota-onalarimizdan o‘rganib kelayotgan gavhar o‘gitlari va mislsiz so‘zlari, elimiz tanigan va xalqimiz tan olgan ustozlarimizdan ta’lim olib kelayotgan zar tushunchalari va bebaho ilmlari, jannatmakon yurtimiz – muqaddas Vatanimiz ta’lim maskanlarida taralayotgan durdan a’lo fanlar va beqiyos bilimlar uzluksiz va davomli yoritib boriladi.

Shuning uchun ham bizning gazeta va jurnallarimizdagi hamda yuqorida katta va o‘zgacha hurmat va ehtirom ila tilga olingan muhtaram va hurmatli imom-domlalarimizning ma’ruza-maqolalaridagi ma’lumotlar ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishiga hamda tarbiya sohasiga daxldor har bir inson uchun, har bir (!) MEHRI BEPOYoN OTA UChUN, har bir (!) MEHRI DARYo ONA UChUN beqiyos ensiklopedik manba bo‘lib xizmat qiladi.

Iloho, o‘zlarimizni ham, farzand-zurriyotlarimizni ham Mehribon Parvardigorimiz O‘zi buyurgan, Janob Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam tavsiya etgan, o‘tmishda o‘tganlarimizni ro‘hlari shod bo‘ladigan, xalqimiz xursand bo‘ladigan, ota-onalarimiz rozi bo‘ladigan yo‘llardan yurishimizni nasib etsin!   

                                                                    Ibrohimjon INOMOV,

Manba: muslim.uz

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Dec
02
Jaholatga qarshi marifat
Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashaylik.
04:43
Apr
01
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:26
Jan
05
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:25

Izoh qoldirish