Oʻzbekiston delegatsiyasining Birlashgan Arab Amirliklari Islom ishlari va vaqf bosh boshqarmasi raisi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiya Birlashgan Arab Amirliklarida xizmat safarida bo‘ldi. Mazkur tashrif davomida vakillarimizning Islom ishlari va vaqf bosh boshqarmasi raisi Muhammad Matar Salim al-Kaabi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Islom ishlari va vaqf bosh boshqarmasi 1999-yilda BAA Prezidenti Shayx Xalifa bin Zayd Ol Nahyon tomonidan joriy etilgan taʼsis etilgan.
Uchrashuv avvalida Muhammad Matar Salam al-Kaabi Oʻzbekiston delegatsiyasiga tashrif uchun minnatdorlik bildirib, mazkur yurtda qadimdan buyuk allomalar yetishib chiqqani, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan din sohasidagi islohotlar haqida ijobiy fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident maslahatchisi BAA Bosh boshqarma raisiga iliq kutib olgani uchun minnatdorlik bildirib, ikki davlat rahbarlari oʻz mamlakatlari aloqalarini yanada rivojlantirishga katta eʼtibor qaratayotganliklarini taʼkidladi.
Uchrashuv davomida musaffo islom eʼtiqodi va madaniyatini toʻgʻri anglash hamda tarqatishda paydo boʻlayotgan muammolar, turlicha qarashlarni oldini olish bugungi jamiyatlar oldida turgan dolzarb masala ekani taʼkidlandi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish