233

Soxta va’dalarga aldanib, urushga yollanish – johillik!

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

Bugungi kunda terrorchilik tashkilotlarining da’vatchilari tinch davlatda yashab kelayotgan yoshlarni xorijdagi jangarilar tayyorlovchi markazlarga jo‘natish maqsadida dunyoviy davlat va jamiyatni dinsizlikda ayblab, go‘yoki hijratga chiqish farz amal ekani, “buning uchun hech kimning, hatto, ota-onaning ruxsatini olish kerak emas” yoki “ota-onamiz bizni dunyoga kelishimizga sababchi bo‘lgan xolos, hamma ishni ham ularni maslahatlari bilan qilmaymiz” degan soxta tushunchalarni yoshlarga singdirishga harakat qilishlari afsuslanarlidir.

Ijtimoiy taomoqlarda yoshlarni chalg‘itish maqsadida bong urayotganlarni yolg‘on iddaolariga ko‘ra, falon joyda jihod bo‘lyapti, hamma musulmonlar o‘sha yerga borishi kerak, hijrat qilishi kerak, ota-onasi rozi bo‘lmasa, ularni hiyla qilib chalg‘itib ketsa bo‘ladi, deyayotganlar payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarning hukmiga zid gaplarni aytmoqdalar va bu gaplari mutlaqo e’tiborsizdir. Ota-ona ruxsat bermasa, farzand o‘zga yurtlarga jihod uchun chiqib keta olmaydi, bu ish gunohga aylanadi.

Demak, hozirgi kunda musulmonlar islomni o‘zgalarga tinch yo‘l bilan, turli tuman vositalar yordamida yetkazish imkoniga ega bo‘ldilar. Ko‘plab ulamolar ilmiy maydonda odamlarga islomni yetkazish yo‘lida samarali xizmat qilmoqdalar.

“Mudofaa jihodi” dushmanlar musulmonlar yashaydigan yurtga urush qilib, bostirib kirsalar, himoya uchun mudofaa jihodi farzi ayn bo‘ladi. Ulamolarimiz mana shunday holatdagina vatanni himoya qilish uchun hech kimni ruxsati kerak bo‘lmasligini ta’kidlaydilar.

Buning ustiga talab jihodini oddiy fuqarolar emas, balki podshoh, ya’ni davlatning rahbari tashkillashtiradi. Davlat tomondan harbiy safarbarlik e’lon qilingandagina fuqarolarga unga itoat etib harbiy amaliyotlarda qatnashish farz bo‘ladi. Oddiy fuqaro yo qandaydir to‘daboshining tashabbusi bilan shar’iy jihod tashkil etilmaydi.

Xulosa o‘rnida mo‘min-musulmonlar bugungi kunimizdagi turli qo‘shtirnoq ichidagi voizlarning har qanday “jihod”ga jimjimador chorlovlari oldida shoshib qolmasliklari, balki hamma e’tirof etgan ulamolarga quloq solishlari, ummat e’tirof etgan ulamolar atrofida birlashishlari zarurdir.

Abdulhakim SO‘FIYEV,

Pop tumani bosh imom-xatibi

Manba: muslim.uz

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Dec
02
Jaholatga qarshi marifat
Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashaylik.
04:43
Apr
01
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:26
Jan
05
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:25

Izoh qoldirish