187

Islom tinchlik, oqibat dinidir

         JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

Islom dini o‘z nomi bilan tinchlik dinidir. Insoniyatga islom ne’matini ato etgan ilohiy vahiy Qur’oni Karimning axloqiy asosi oqibat, rahm-shavqat, mehribonlik, kamtarlik hurmat va tinchlikka asoslanadi.

Bag‘rikenglik sifatiga ega bo‘lgan islom dini, insoniyatga Allohning marhamati, ulug‘ ne’mati bo‘lib nozil qilingani Qur’oni Karimda bayon qilingan:

“Ana endi bugun, dinimizni kamoliga yetkazdim, ne’matimni tamomila berdim va sizlar uchun islomni din bo‘lishiga rozi bo‘ldim…” 

Lekin bu islom dinini noto‘g‘ri tushungan kimsalar turli xil yo‘llar bilan yoshlarimizni ijtimoiy tarmoqlarda buzg‘unchi g‘oyalar bilan hayollarini buzmoqda.

Afsuski, ba’zi yoshlarimiz dunyoqarashi, tafakkuri tor bo‘lgani uchun islom dinini asl mohiyatini to‘g‘ri tushunmasligi tufayli buzg‘unchilarning o‘rgimchak to‘riga o‘zlari bilmagan holda ilinib qolmoqda. Yoshlarimizning bunday ahvolga tushishlariga biz ota-onalar eng birinchi aybdormiz. Chunki islom dini haqida to‘liq va mukammal tushuncha bermaganimiz biz ota-onalarning aybimizdir.

Alloh taolo Baqara surasining 205-oyatida: “Alloh buzg‘unchilik fasodni sevmaydi”, deya marhamat qiladi.

Payg‘ambarimiz (alayhissalom) hadislarining birida: “Qaysi birimiz tongda uyqudan uyg‘onganda oilasi tinch, tani sog‘ va uyida bir kunlik yeguligi bo‘lsa, bilsinki, unda dunyodagi barcha ne’matlar mujassam ekan”.

Tinchlik bu islom shioridir. Shunday ekan tinchlikning qadriga yetaylik. Farzandlarimizga to‘g‘ri va mukammal tarbiya beraylik. Islom dinini tinchlikka bo‘lgan e'tibori nechog‘liq katta, bag‘rikenglik uning negizi ekanini to‘g‘ri tushuntiraylik.

Alloh taolo yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini barqaror aylab, xalqimiz farovonligini bundan-da ziyoda qilsin!

Bahodir domla SUYUNBOYEV,

Guliston shahar “At-Termiziy” masjidi imom-xatibi

Manba: muslim.uz

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
03
Jaholatga qarshi marifat
Fatvo haqida
19:43
Apr
01
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:26
Jan
05
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:25

Izoh qoldirish